Tabiatni muhofaza qilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilmoqda

Foto: “Xalq so‘zi”
Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Senatorlar tomonidan muhokama qilingan ushbu Qonun bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda belgilangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 7 ta moddada nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tegishliligi belgilanmoqda.
Ushbu ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo qo‘llashga haqli bo‘lgan mansabdor shaxslar, shuningdek, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishga haqli bo‘lgan ushbu organlar tuzilmalarining mansabdor shaxslari belgilanmoqda.
Shu bilan birga ichki ishlar va milliy gvardiya organlari mansabdor shaxslariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi baʼzi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni maʼmuriy yo‘l bilan ushlab turish vakolati berilmoqda.
Bu borada Senat Raisi quyidagilarga to‘xtaldi.
Xususan, ekologiya, atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Biroq javobgarlikni so‘zsiz taʼminlash uchun aniq mexanizmlarni ham belgilab berish zarur.
Zero, aybdor shaxslarga nisbatan o‘z vaqtida javobgarlik choralarini qatʼiy qo‘llanilmasligi ularda qonun talablariga bepisandlikni va qonunchilikda belgilangan “javobgarlikning muqarrarligi” prinsipi buzilishini ham keltirib chiqaradi.
Qonun bilan aynan shu muammolar hal etilmoqda.
Shu bilan birga, Qonunni kuchga kirishi Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlaridan ham alohida masʼuliyatni talab etadi. Zero, bu sohada maʼmuriy huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va mutanosib javobgarlikni belgilash - yangi yo‘nalish. Bunda ham sohaga oid bilimlarni oshirish, ham bu turdagi huquqbuzar shaxslar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish kerak bo‘ladi.
Senatorlar mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning so‘zsiz ijro etilishini, shuningdek, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Ushbu Qonun davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ekologik huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlashda, atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanish faoliyati ustidan samarali nazoratni o‘rnatishda alohida eʼtiborga molik hisoblanadi.
Shuningdek, Qonunning qabul qilinishi tabiiy resurslarni, yaʼni suv obyektlariga oqova suvlarni oqizish, yer usti suvlarini, atmosfera havosini hamda atrof-muhitni chiqindilar bilan ifloslantirish holatlarini keltirib chiqaruvchi obyekt yoki subyektlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rilishini taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Samarqand davlat universiteti — Markaziy Osiyodagi noyob oliy taʼlim dargohi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring