Tabiatga zarar yetkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi
“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, hududlarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikning yangi modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Unga koʻra, xususiy sherikka:
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun tegishli hududlar biriktirib beriladi;
davlat korxonalari hisobidagi chiqindi poligonlari uzoq muddatga foydalanishga beriladi;
davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi.
Ushbu sohada xususiy sektor ulushini 2022-yil yakuniga qadar 50 foizga yetkazish belgilangan.
2021-yil 1-yanvardan:
hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari dastlab narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha mahalliy Kengashlar qarorlari bilan maʼqullanganidan soʻng tasdiqlanadi;
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga xizmat koʻrsatish uchun biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi xom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoxobchalari orqali tayyorlash mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi;
ikkilamchi xom ashyoni maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlarning roziligisiz ajratib olish va oʻzlashtirish taqiqlanadi;
qurilish ishlarida hosil boʻladigan chiqindilar birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi;
xonadonlar soni 300 tadan ortiq boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalari bilan taʼminlanmagan boʻlsa, foydalanishga qabul qilishga ruxsat berilmaydi;
aholi tomonidan Davlat ekologiya qoʻmitasining Internet tarmogʻidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring