Svetlana Osipova Parij Olimpiadasi kumush medali sohibasi!

01:22 11 Avgust 2024 Sport
624 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.

Taekvondo WT boʻyicha +67 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova faoliyatidagi ikkinchi Olimpiadasida birinchi finalini oʻtkazdi.

Hamyurtimiz oltin medal uchun kurashda mezbonlar vakilasi Alteya Lorenga qarshi bellashdi. Murosasiz kechgan bahsning birinchi raundida 0:3 hisobida yutqazib qoʻygan boʻlsa, ikkinchisida 3:3 hisobi qayd etildi. Ammo bahsdagi faollik hisobiga gʻalaba mezbon sportchiga berildi.

Qayd etish kerakki, hamyurtimiz “Parij-2024”da oʻz ishtirokini 1/8 final bosqichidan boshladi. Ushbu bosqichda u Kot-dʻ Ivuar vakilasi Astan Batilini 2:1 hisobida yengdi. Chorak finalda XXXIII yozgi Olimpidada uchinchi raqamda saralangan Buyuk Britaniya vakili Rebekka Makgouendan 2:0 hisobida ustun keldi. Yarim finalda turnirda ikkinchi raqamda saralangan Janubiy Koreya taekvondochisi Dabin Lini 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Svetlana Osipova 2000-yil 3-may kuni tavallud Toshkent shahrida tugʻilgan. Hamyurtimiz 2017-yilda Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018 va 2022-yillarda oʻtkazilgan yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medallariga sazovor boʻlgan.

Bundan tashqari, Svetlananing hisobida 2019-yilda tashkil etilgan Butunjahon armiya oʻyinlarining, 2021-yilda tashkil etilgan Islom birdamlik oʻyinlarining, 2022-yil boʻlib oʻtgan jahon chempionatining oltin medallari bor. Oʻtgan yil oʻtkazilgan jahon chempionatida esa u kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Avvalroq, “Tokio-2020” gʻolibi Akbar Joʻrayev “Parij-2024”da kumush medaliga ega chiqqandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер