Suvliqdagi 131 xonadonga obihayot kirib bordi

Foto: “Xalq soʻzi”
Nurota tumanining Suvliq qishlogʻi viloyat markazi — Navoiy shahridan 130 kilometr olisda, Nurota tizmalarining Qoratogʻi bagʻrida joylashgan.
Qishloq nomining suvga aloqasi yoʻq – shunchaki toʻrtta soy birlashib, otning suvligʻi koʻrinishini olgani uchun shunday atalib ketgan. Suv masalasiga kelsak, u suvliqliklarning koʻp yillik muammosi edi.

— Qishlogʻimiz aholisini suv bilan taʼminlab kelgan Quruqsoydagi yagona buloq suvi yetmay qolganiga ham ancha yil boʻlgan edi, — deydi taʼlim faxriysi Sunnat Qurbonov. — Shundan beri suv taʼminoti yomonligidan azob tortardik.
Qishloq ahlining koʻp yillik orzusi kuni kecha roʻyobga chiqdi. Suvliqliklar uchun 2 ta yerosti quvuri qazilib, 2 ta suv inshooti, 4 ta suv saqlash hovuzi qurildi. Natijada 6,5 kilometrdan toza ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Bu yumushlarga 2 milliard 584 million soʻm mablagʻ sarflandi. Buning samarasi oʻlaroq Suvliq qishlogʻining 655 nafar aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Eng muhimi, 131 xonadonga ob hayot kirib bordi va suv oʻlchash moslamalari oʻrnatildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring