Suv tejovchi uskunalar suvni tejab daromadni oshiradi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda dunyoda suv bilan yuzaga kelayotgan muammolar mamlakatimizni ham chetlab oʻtayotgani yoʻq. Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, holat shu tarzda davom etadigan boʻlsa, 2050-yilga borib suv tanqisligi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Buni oldini olish uchun suv tejovchi uskunalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu borada davlatimiz rahbarining shu yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Ayni paytda joylarda qaror ijrosini taʼminlash doirasidagi ishlar davom etmoqda.
— Baliqchi tumanida hozirda 50 gektar maydondagi ekinlar suv tejovchi uskunalar orqali sugʻorilmoqda, — deydi tuman suv yetkazib berish davlat muassasasi direktori Azimjon Yusupov. — Buning natijasida yil yakuniga qadar 4 mln. kub suvni tejashga erishamiz. Bu borada tadbirkorlarga yaratilgan sharoit muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, zamonaviy texnologiyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida 5-yil muddatga 2-yil imtiyozli davr bilan kredit mablagʻlari ajratilmoqda. Avvallari 22 foizli kredit mablagʻi ajratilgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 14 foizdan iborat. Qolaversa, 5-yil muddatga yer soligʻidan ozod qilinib, suv soligʻi boʻyicha ham qator imtiyozlar yaratilgan. Bunday qulayliklar amaliyotda oʻz samarasini bermoqda. Dastlabki hisob-kitoblar shuni koʻrsatmoqdaki, buning natijasida hosildorlik 15-20 sentnerga ortadi.
Joriy yilda viloyatdagi 259 ta fermer xoʻjaliklariga suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish maqsadida 93 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida jami 30,6 ming gektar ekin maydonida zamonaviy uskunalardan foydalanish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring