Suv tejovchi texnologiyalar samarasi yuqori

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mutaxassislarning maʼlum qilishlaricha, 2050-yilga borib respublikamizda suv tanqisligi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Bu qishloq xoʻjaligida suvdan oqilona foydalanishni, suv tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishni talab etadi.
— 2024-yilda ekin maydonlarini sugʻorish uchun 3140 million metr kub suv zarur boʻlishiga qaramay, amalda 2500 million metr kub, yaʼni belgilangan rejaning 80 foizidan foydalandik, — deydi “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Shuhratjon Ergashev. — Qolgan qismi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga qoplandi. Yil davomida 30,8 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalardan foydalanildi. Jumladan, 6,9 ming gektar maydonda tomchilatib sugʻorish, 1,7 ming gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, 2 ming gektar maydonda diskret, 7,7 ming gektar maydonda egiluvchan quvur, 3,5 ming gektar maydonda egatga plyonka toʻshab sugʻorish usullari qoʻllanildi. Natijada 77 million m3 miqdordagi suvni tejashga ham erishildi.
Bunday texnologiyalar suvni tejash bilan bir qatorda, turli kimyoviy va mineral oʻgʻitlarni qoʻshib berish imkoniyatini ham yaratmoqda. Bu orqali suv, mehnat sarfi va boshqa xarajatlar kamayib, hosildorlik ortmoqda. Tahlillar natijasi shuni koʻrsatmoqdaki, suv tejamkor texnologiyalar qoʻllanilganida suv sarfi 30, mehnat sarfi 35, agrotexnik tadbirlar uchun yonilgʻi-moylash mahsulotlari sarfi 35 foizgacha kamayishiga erishildi. Hosildorlik 28 foizgacha ortdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring