Suv tejamkorligi yangi bosqichda
Shahrixon tumanida suv taʼminoti tizimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. “Sherqoʻrgʻon” kanalining betonlash jarayonlari ham yakunlanish arafasida. Bu loyiha natijasida suv resurslaridan samarali foydalanish va dehqon xoʻjaliklarining suv taʼminotini barqarorlashtirish koʻzda tutilgan.
— Uzunligi 2,9 kilometr boʻlgan ushbu kanal Abdubiy, Sherqoʻrgʻon va Oq oltin hududlarida joylashgan 580 gektar yer maydonlarini sugʻorishda muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Maʼrufjon Gʻoziyev. — Betonlash orqali suv oqimi yoʻqotishlarsiz manziliga yetib borishi taʼminlanadi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga koʻra, kanalni betonlash natijasida suvni kamida 25-30 foizgacha tejash mumkin. Bu nafaqat suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlaydi, balki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring