Suv sportidagi omadsizlik davom etadi. Igor Myalin ishtirokini yakunladi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir yoʻnalishda Olimpiya oʻyinlarida debyut qildi. Suvga sakrash dasturida Igor Myalin oʻz ishtirokini boshladi.
Hamyurtimiz birinchi urinishdan keyin 64.00 ball jamgʻarishga erishdi. Shunga qaramasdan, keyingi sakrashlar omadli kelmadi.
10 metrli platformadan sakrash boʻyicha ishtirok etgan Igor Myalin saralashda 357.10 ball jamgʻardi va 21-natijani qayd etdi.
Afsuski, bu hamyurtimizga yarim final yoʻllanmasi uchun kamlik qildi. Mazkur yoʻnalishda 26 nafar sportchi qatnashdi va yakunda eng yaxshi natija koʻrsatgan 18 ishtirokchi yarim finalga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Igor Myalin 1996-yil 17-sentyabrda Rossiyaning Penza viloyatida tugʻilgan.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Senatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring