“SUS Environment Samarkand”: chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “SUS Environment Samarkand” zavodining qurilishi boshlandi. Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha uchun 150 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilinmoqda.

Loyiha doirasida Samarqand shahrining Soʻlim qoʻrgʻoni hududidan 15 gektar maydon ajratilgan boʻlib, kuniga 1500 tonna chiqindini termik qayta ishlash va yiliga 240 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod quriladi.

Yangi zavod qurilishiga kirishilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, viloyatda chiqindilarni qayta ishlash, undan energiya ishlab chiqarish yoʻnalishidagi mazkur loyihaning energiya barqarorligini taʼminlashdagi ahamiyati katta ekanligini taʼkidladi.
Korxonada 150 tagacha yangi ish oʻrni yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring