Surxondaryoning navbatdagi “Turizm qishlogʻi” — Nilu

11:39 21 Iyul 2025 Jamiyat
171 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Sariosiyo tumanida joylashgan Nilu qishlogʻiga rasman “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi. Surxondaryo viloyatida bu — toʻrtinchi shunday maqomga ega boʻlgan hudud hisoblanadi.

Goʻzal tabiati, qadimiy ziyoratgohlari, “Sangardak” sharsharasiga yaqin joylashuvi, boy madaniy merosi va mehmondoʻst aholisi bilan sayyohlarni oʻziga rom etuvchi Niluda ayni paytda turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda.

Hisor oʻrmon xoʻjaligi hududida oʻnga yaqin yengil konstruksiyali ekoturizm maskani barpo etilayotgan boʻlsa, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun 21 ta oilaviy mehmon uyi tashkil qilindi.

Turizm qoʻmitasi mablagʻi hisobidan 3 milliard soʻmlik suv saqlash inshooti qurilmoqda. Mahallada 15 dan ortiq turli xizmat turlari yoʻlga qoʻyildi. Yoʻl infratuzilmasi, telefon aloqasi va mobil internet sifati tubdan yaxshilanmoqda. Tijorat banklari bankomatlari oʻrnatildi. Endi bu yerga kelgan sayyohlar goʻzal tabiat qoʻynida hordiq chiqarib, otda sayr qilish, shifobaxsh tuya sutidan bahramand boʻlish imkoniyatlariga ham ega.

Niluga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir doirasida OAV vakillari uchun “Sangardak” sharsharasi hamda Xonjiza qishlogʻiga press-tur uyushtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер