Surxondaryoga Tailand delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023-yilning 26-oktabr kuni Tailand davlatidan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiya Surxondaryo viloyatida boʻldi. Uchrashuvda Tailand Amaliy sanʼat departamenti Ijrochi direktori va Tailand muzeylar idorasi direktori Nitaya Kanokmongkol va Surxondaryo viloyati hokimligi ishtirok etdi. Muzokaralar chogʻida ular Oʻzbekistonga Tailand aholisining oqimini kengaytirish maqsadida buddizm obidalari boʻylab turli sayohatlar tashkil etishni kelishib olishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida delegatsiya aʼzolari qadimiy Termizning buddaviylik manzilgohlari Qoratepa, Fayoztepa hamda Zoʻrmola kabi buddaviylik ibodatxonalariga sayohat qilishdi. Mehmonlar “Termiz” davlat-muzey qoʻriqxonasida ham boʻlishdi, viloyatning qadim tarixi, qadimgi flora va faunasi hamda surxonning milliy liboslari delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv davomida kelgusida Termiz arxeologiya muzeyi va Tailand muzeyi vakillari oʻrtasida hamkorlikda fotokoʻrgazma tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring