Surxondaryodagi “zapravka”da ham portlash sodir boʻldi
Videodan kadr
Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 13-avgust kuni soat 12:58 da tumanning “Oqqoʻrgʻon” MFY Jarqishloq hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yoqilgʻi tashuvchi avtosisternadan yoqilgʻi saqlash rezervuarga yoqilgʻi toʻkish vaqtida texnologik jarayon buzilgan va oqibatda chaqnash roʻy berib, yongʻin kelib chiqqan.
Hodisa yuzasidan FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borgan. Oradan bir daqiqa vaqt oʻtib, yongʻin qurshab olingan va soat 13:16 da oʻchirilgan.
Bildirilishicha, voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan, hozirda chaqnash sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida yongʻin oqibatida jabrlangan va vafot etganlar haqida hozircha maʼlumot berilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring