Surxondaryodagi “zapravka”da “Damas” yonib ketdi

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida joylashgan “zapravka”da “Damas” yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 9-iyul kuni soat 12:40 da Qumqoʻrgʻon tumani “Surxon sohili” MFYda joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida “Damas” rusumli avtomashina yonayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Manzilga 12-Yongʻin qutqaruv qismidan 1 ta yongʻin qutqaruv ekipaji soat 12:45 da yetib borgan va 12:47 da alangani oʻrab olgan. Oradan 6 daqiqa oʻtib esa yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
FVBga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring