Surxondaryodagi yashirin sexda 2 tonna yaroqsiz yogʻ fosh qilindi

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarish sexlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “B.” MChJ rahbari Sh.S. xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Ushbu xonadondan 2,6 tonna chigit, 2 tonna yogʻ, 40 litr hajmli yelim idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.T. “Choshtepa” MFY hududidagi xonadonida juvoz uskunasida qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Mazkur yashirin sexdan 114 litr yogʻ, 262 kg chigit, 3 dona dvigatel, 5 dona 200 litr hajmli yelim idishlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring