Surxondaryodagi ayanchli YTHda 62 yoshli erkak halok boʻldi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda “Cobalt” va “Nexia-2” ishtirokida yuz bergan ayanchli yoʻl-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 19-oktyabr kuni soat 09:40 larda Qumqoʻrgʻon tumani “Azlarsoy” MFY hududidan oʻtgan D-162 (4R-104) avtomobil yoʻlining 7-kilometrida roʻy bergan. “Cobalt” avtomashinasini boshqarib kelayotgan 28 yoshli haydovchi yoʻlning qarama-qarshi boʻlagiga chiqib ketishi tufayli oʻz yoʻnalishida kelayotgan, 39 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Nexia-2” rusumli avtomobilida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yoʻlovchi, 66 yoshli ayol tuman shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Qumqoʻrgʻon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring