Surxondaryoda voyaga yetmagan shaxs “Cobalt” mashinasini olib qochdi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida voyaga yetmagan shaxs “Cobalt” avtomobilini olib qochdi va YPX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar qildi.
7-may kuni 22:18 atrofida Surxondaryo viloyati IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, Termiz shahridagi savdo majmuasi oldidan “Cobalt” rusumli mashina nomaʼlum shaxs tomonidan olib qochilgan.
Koʻrilgan tezkor choralar natijasida mashina soat 23:40 atrofida toʻxtatib olingan.
Avtomobilni olib qochgan, 2008-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan shaxs onlayn qimor tufayli katta miqdorda qarzdor ekani va mashina evaziga pul olmoqchi boʻlganini maʼlum qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring