Surxondaryoda tez yordam mashinasi yoʻlini toʻsib qoʻygan YPX xodimlari lavozimidan ozod etildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida YPX xodimi tez yordam mashinasi yoʻlini toʻsib qoʻygani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holatni sodir etgan xodimlar lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 15–17-iyun kunlari Surxondaryo viloyati hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oʻtkazilgan “Yoshlar festivali” munosabati bilan shaharning ayrim koʻchalarida, xususan, Navbahor koʻchasida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatilgan.
Xizmatga jalb etilgan ikki nafar YPX inspektori tomonidan chaqiruvga asosan harakatlanib borgan tez yordam avtomashinasi harakatini bir muddat cheklagani va bu ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning noroziliklarini keltirib chiqargan. Shu sabab viloyat IIB YHXBning 21-iyun kunidagi xizmat tekshiruvi xulosasiga koʻra, inspektorlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, boshqarma ixtiyoriga qoldirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring