Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi
2023-yil 2-mart kuni Denov tumani “Qorabogʻ” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimoʻminov ariq qazish jarayonida katta hajmli sopol xum topgani toʻgʻrisida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar qildi.
Xumning tarixiylik ahamiyatini oʻrganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelindi.
Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Olimlar tomonidan oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring