Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida sportning stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Termiz shahridagi 26 son maktabning sport zalida Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida sportning stol tennisi turi boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi, Surxondaryo viloyati DXX CHQ “Janub” Operativ Qoʻmondonligi, “Termiz” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalyonidan saralab olingan sportchilar jamoaviy va shaxsiy birinchilik yoʻnalishlarida bellashishdi.
Shiddatli hujumlarga boy boʻlgan ushbu musobaqa natijasiga koʻra jamoa birinchiligini chegara qoʻshinlari, ikkinchi oʻrin, MG Qoʻriqlash boshqarmasi, uchinchi oʻrin DXX boshqarmasi sportchilari egallashdi.
Ayollar oʻrtasida jamoa birinchiligi viloyat IIB jamoasi, ikkinchi oʻrinni MG boshqarmasi, uchinchi oʻrinni DXX jamoasi egallashdi.
Shaxsiy birinchilikda erkaklar oʻrtasida birinchi oʻrinni “Termiz” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalyoni, ikkinchi oʻrinni chegara qoʻshinlari, uchinchi oʻrinni MG Qoʻriqlash boshqarmasi sportchilari egallashdi.
Shaxsiy birinchilikda ayollar oʻrtasida birinchi va ikkinchi oʻrin DXX boshqarmasi, uchinchi oʻrinni viloyat IIB sportchilari egallashdi.
Musobaqa yakunida barcha gʻolib sportchilar “Dinamo” Jismoniy-tarbiya va sport jamiyati tomonidan sport diplomlari, medallar va qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring