Surxondaryoda AYOQSHdagi yongʻin sabab 52 yoshli payvandchi vafot etdi
Surxondaryo viloyatida AYOQSHdagi yongʻin natijasida payvandchi vafot etdi deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 04-may kuni soat 09:30da Shoʻrchi tumani “Ozod” mahallasi hududida joylashgan MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan AYOQSH binosida payvandlash ishlarini olib borayotgan 52 yoshli A.Abdunazar shahobcha hovlisida joylashgan 20-25 tonnalik (25 m3 hajmdagi) benzin va dizel yoqilgʻisini saqlash uchun moʻljallangan sisterna ustiga bir oʻzi payvandlash uskunasini olib chiqib, payvandlash ishlarini boshlagan vaqtida sisterna ichida yigʻilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir boʻlganligi natijasida yongʻin kelib chiqqan.
Ushbu yongʻin oqibatida A.Abdunazar «butun tanasining 90-95% termik kuyishi» tashxisi bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shoʻrchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan MCHJ rahbari 45 yoshli I.Nuriddinga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring