Surxondaryoda arxeologlar bir necha million yillik otning bosh suyagini topdi
Foto: Illustrativ foto
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi uylardan birida yoshi bir necha million yil deb baholangan qadimiy otning bosh suyagi topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Akademiyaning Milliy arxeologiya markazining bir guruh tadqiqotchilari Gʻoz va Qattiq-Qamish qishloqlari yaqinidagi Oqtosh togʻlarida qidiruv va qazishma ishlari olib bordi.
Natijada hududdan bir dona choʻkichlab ishlangan dromedar tuyasining tasviri topildi. Suratning hajmi 75x90 sm. Surat tekis yuzali ohaktosh qoyaga tushirilgan va quyoshda kuygan mogʻor bilan qoplangan. Hajmiga koʻra rasmda yosh tuya (boʻtaloq) aks ettirilgan.
Ekspeditsiya aʼzolari hududning etnografik va geografik maʼlumotlarini toʻplash maqsadida mahalliy aholi oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazdi.
Mahalliy aholidan birining uyida bir necha million yillik qadimiy otning butunlay saqlanib qolgan bosh suyagi topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring