Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz qiliqlar qilgan 32 yoshli erkak qamoqqa olindi
Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyatida yashovchi Sh.M. (ayol)dan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatida Sh.M. 3-iyun kuni 1992-yilda tugʻilgan qoʻshnisi B.Sh. (erkak) 2014-yilda tugʻilgan qizi D.A.ga uyida hech kim yoʻqligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilib, uning jinsiy daxlsizligiga tahdid qilganini maʼlum qilgan.
Sh.M. yozishicha, B.Sh. voyaga yetmagan qiziga agar boʻlgan holatni kimgadir aytadigan boʻlsa, uni oʻldirish bilan qoʻrqitgan. B.Sh. ayolning uyiga kirib, qilgan ishlarini Sh.M.ning qizi videotasvirga tushirib olganini, ayol bu holat yuzasidan tergov organlariga xabar berganini, lekin ular tomonidan tegishli chora koʻrilmayotganini bildirib, farzandining huquqlarini himoya qilishda yordam soʻragan.
Bolalar ombudsmanining Ichki ishlar vazirligiga yuborgan soʻrovi asosida Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan 7-iyul kuni B.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 2-qismi “v” bandi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyat ishi yuzasidan 26-iyul kuni ayblanuvchi B.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi materiallari tegishli sudga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring