Surxondaryo va Navoiyda yer olib berishni vaʼda bergan shaxslar fuqarolarni chuv tushirmoqchi boʻldi

16:39 26 Avgust 2024 Jamiyat
270 0

Foto: Illustrativ

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida yer maydonlari olib berishni vaʼda qilgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib olganini aniqladi. Aniqlanishicha, Qumqoʻrgʻon tumani hududidagi 1 gektar yaylov yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 125 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M-O.” fermer xoʻjaligi rahbari X.X. Nurota tumanidan uzumzor barpo etish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan 15 gektar yer maydonini fuqaro N.F.ning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga evaziga 50 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер