Surxondaryo va Fors viloyati oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda
Soʻnggi yillarda yurtimizning tashqi iqtisodiy aloqalari yangi mazmun kasb etmoqda. Ayniqsa, mintaqalar kesimida yoʻlga qoʻyilayotgan hamkorliklar amaliy natijalar bilan boyib, hududlar salohiyatini oshirishda muhim omilga aylanmoqda. Shu maʼnoda, Surxondaryo viloyati bilan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati oʻrtasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.
Surxondaryo viloyati hokimining taklifiga muvofiq, joriy yil 7–8-noyabr kunlari Fors viloyati hokimi Xosen Ali Amiriy boshchiligidagi delegatsiya viloyatga amaliy tashrif uyushtirdi. Muzokaralar chogʻida ikki viloyat oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Unda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilab olindi.

Imzolangan kelishuvlarning amaliy izchil ijrosi sifatida Surxondaryo delegatsiyasi Fors viloyati maʼmuriy markazi — Shiraz shahrida oʻtkazilayotgan Janubiy Eronning eng yirik sanoat koʻrgazmasida ishtirok etmoqda. Mazkur tashrif ikki davlat oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar ochishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Koʻrgazma doirasida surxondaryolik delegatsiya Shiraz sanoatining salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari va zamonaviy texnologiyalari bilan tanishdi. Tomonlar sanoat mahsulotlarini oʻzaro ayirboshlash, qoʻshma korxonalar tashkil etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va Yevrosiyo bozorlariga birgalikda chiqish masalalarini muhokama qildilar.

Fors viloyati Sanoat, maʼdan va savdo boshqarmasi rahbariyati ushbu tashrifni mintaqaviy iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishda muhim qadam sifatida baholadi. Ularga koʻra, bu kabi aloqalar kelgusida oʻzbekistonlik investor va tadbirkorlarni Fors viloyatiga keng jalb etish uchun mustahkam platforma yaratadi.
Mazkur koʻrgazmada Oʻzbekiston, Iroq va Armanistondan kelgan delegatsiyalarning ishtirok etgani tadbirning xalqaro sanoat hamkorligi maydonidagi ahamiyatini yanada oshirdi.
Surxondaryo va Fors viloyatlari oʻrtasidagi hamkorlikning keyingi bosqichda amaliy natijalar bilan yanada boyishi, ikki davlat iqtisodiy munosabatlarining rivojiga yangi surʼat berishi shubhasiz.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring