Surxondaryo – koʻhna tamaddun beshigi
Koʻhna tarix, qadim tamaddun, moziydan soʻylovchi son-sanoqsiz osori-atiqalarni bagʻrida yashirgan, mamlakatimizning janubdagi gavhari hisoblangan Surxon vohasi chindanda sir-sinoatlarga boy. Milliy-maʼnaviy, oʻzbekona urf-odatlar, oʻzlik va millat qiyofasi saqlangan yurt bu!
Surxondaryo viloyatida Mustaqilligimizning shonli 33 yilligi arafasida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ezgu gʻoyasi asosida oʻtkazilgan maʼnaviyat festivali sof milliylik va tabiat goʻzalliklarini oʻzida uygʻunlashtirgani bilan xalq dilidan chuqur joy egalladi.

Bugun mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ezgu maqsad yoʻlida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning muhim omili boʻlgan maʼnaviyat va maʼrifatga jiddiy eʼtibor qaratilayotir. Shu jihatdan barcha soha va jabhalarda rivojlanishni taʼminlash, jamiyatda maʼnaviy muhitni yaxshilash, yosh avlodni bilimga chorlash, har bir fuqaroda yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish, qolaversa, qalblardagi shukronalik tuygʻusini namoyon etish masalalari har doimgidanda dolzarb.
Maʼnaviyat festivali aholiga koʻtarinki kayfiyat ulashish bilan birga, ular qalbida shukronalik hissini kuchaytirishga xizmat qildi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Tadbir doirasida “Inson qadri”, “Milliy birdamlik”, “Maʼrifatli oila” “Vatan madhi”, “Milliy qadriyatlar”, Uch avlod uchrashuvi», “Kino karvon” kabi 10 dan ortiq loyihalar doirasida eng chekka hududlar, mahallalarda aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Taniqli shoirlar, yozuvchilar, xalqimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar ishtirokida oʻtgan har bir dasturda jonajon vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimiz qoldirgan madaniy-maʼnaviy meros, xalqimiz farovonligi uchun amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar haqida soʻz bordi. Festival doirasida “Inson qadri” loyihasida keksa avlod vakillari, ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlar holidan xabar olindi.
Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan bu kabi maʼnaviyat festivallari ilm-maʼrifatni yanada keng targʻib etib, xalqimizni maʼnan birlashtirayotgani bilan ahamiyatlidir. Festival shukuhi eng olis mahallalar, qishloq ovullariga ham kirib bordi. Birgina misol, Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan biri — Sariosiyo tumanidagi Kundai juvoz qishlogʻi viloyat markazidan 250 kilometr, tuman markazidan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu qishloqqa Toʻpalang suv ombori orqali boriladi. Maʼnaviyat festivali aynan mazkur qishloq va shu kabi chekka hududlardagi aholi davrasida oʻtkazildi. Qishloq odamlari bilan samimiy suhbatlar, shukuhli madaniy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Bunday uchrashuvlar yurtdoshlarimiz, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, oʻzaro mehr-oqibat, hamjihatlik, vatanparvarlik, shukronalik, tuygʻularini kuchaytirish, mahallalarda aholi kayfiyatini koʻtarish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Nargiza RAHMATULLAYEVA,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring