Surxon yigitlari – dunyo chempionlari safida
Dunyo arenalarida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarayotgan sportchilar orasida surxondaryolik yoshlar alohida eʼtirofga sazovor boʻlmoqda. Ular oʻz mahoratlari, irodasi va mehnatsevarligi bilan nafaqat yurtimiz, balki butun mamlakat sport maktabining yuksak salohiyatini namoyon etmoqdalar.
Xitoyda oʻtayotgan Taekvondo (WT) boʻyicha jahon chempionatida Surxondaryo viloyati vakili Najmiddin Qosimhojiyev 74 kg. vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlub etib, jahon chempioni boʻldi. Bu gʻalaba nafaqat uning shaxsiy yutugʻi, balki yurtimiz sporti uchun ham katta sharafdir.
Shu musobaqada 54 kg. vazn toifasidagi yana bir surxondaryolik sportchi Jahongir Xudoyberdiyev yarim finalgacha yetib borib, munosib ravishda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Uning ham ishtiroki yoshlarimiz uchun katta ibrat deyish mumkin.

Bahraynning Manama shahrida boʻlib oʻtayotgan III Yoshlar Osiyo oʻyinlarida esa surxondaryolik Mirzohid Xudoyqulov 73 kg. vaznda barcha raqiblarini yengib, Osiyo chempioni degan sharafli nomni qoʻlga kiritdi. Bu natija yana bir bor Surxon sportining jahon darajasidagi salohiyatini isbotladi.
Bunday yuksak yutuqlar, avvalo, viloyatda sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, yosh avlod uchun yaratilgan sharoitlar va sportchi-ustozlar mehnatining samarasidir. Surxondaryolik sportchilarning jahon miqyosidagi gʻalabalari Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarishda, milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulugʻbek ROʻZIMATOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring