Suriyada vaqtinchalik konstitutsiya qabul qilindi
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara besh yillik oʻtish davri uchun moʻljallangan vaqtinchalik konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Unga koʻra, Ahmad ash-Shara ushbu deklaratsiyani imzolar ekan, mazkur hujjat Suriya uchun yangi tarix boshlanishiga umid berishini taʼkidlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, vaqtinchalik konstitutsiyada bundan oldingi konstitutsiyaning baʼzi jihatlari, jumladan, davlat rahbarining musulmon boʻlishi hamda huquqshunoslikning asosiy manbai sifatida islom huquqini oʻrnatish shartlari saqlab qolingan.
“Hujjat soʻz va matbuot erkinligini hamda ayollarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy huquqlarini taʼminlovchi qoidalarni oʻz ichiga oladi. Mazkur qoidalar Suriyadagi notinch siyosiy vaziyatda ijtimoiy xavfsizlik va erkinlik oʻrtasidagi muvozanatga xizmat qiladi”, – deydi loyihani tayyorlash qoʻmitasi aʼzosi Abdulhamid al-Avak.
Shuningdek, ushbu hujjatda hokimiyat tarmoqlarining ajratilishi va sud tizimining mustaqilligi mustahkamlangan. Jumladan, ayollar huquqlari, fikr bildirish erkinligi va ommaviy axborot vositalari erkinligi kafolatlanadi. Deklaratsiyada Bashar Asad rejimi davrida sodir etilgan jinoyatlar uchun sud javobgarligiga tortish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.
Bundan tashqari, mazkur konstitutsiyaviy deklaratsiya Suriya Xalq kengashiga amaldagi prezidentni lavozimidan chetlatish yoki uning vakolatlarini cheklash huquqini ham beradi.
“Suriya xalq kengashi prezidentni lavozimidan chetlatishi yoki uning vakolatlarini cheklashi huquqini olishi mumkin, ammo bu jarayonning amaliyotga koʻchishi deyarli imkonsizdir. Sababi Suriya parlamentining uchdan bir qismini aynan prezidentning oʻzi tayinlaydi”, – deyiladi “Al Jazeera” nashri xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring