Sunʼiy intellektda shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Sunʼiy intellekt orqali shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish va ularni OAV yoki Internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlum qildi.
Unga koʻra, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilingan.
Muhokamalar davomida, deputatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritishni koʻrib chiqishgan. Loyihada sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslariga markirovka qoʻyish talabi nazarda tutilgan.
Shuningdek, sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari inson, uning hayoti, sogʻligʻi, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini buzmasligiga oid talabni kiritish koʻzda tutilmoqda.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning taʼkidlashicha, sunʼiy intellektdan foydalanib, shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov bergan va tarqatganlarning ish qurollari musodara qilinadi, oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olinadi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravargacha jarimaga tortiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring