Shavkat Mirziyoyev Sudyalar Assotsiatsiyasi raisiga faxriy unvon berish boʻyicha farmonni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faxriy yurist, Sudyalar Assotsiatsiyasi raisi Mingbayev Ubaydulla Kurbanovichga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonni berish boʻyicha farmonni imzoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda sud-huquq tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatda qonuniylikni taʼminlash, adolatni qaror toptirish orqali inson qadr-qimmatini ulugʻlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qoʻshgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 90-yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi Mingbayev Ubaydulla Kurbanovichga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring