“Sudya maʼnaviyati, odobi va masʼuliyati” kitobi chop etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida “Sudya maʼnaviyati, odobi va masʼuliyati” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, davlat rahbarining 2020-yil 7-dekabr kuni imzolangan "Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"
Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash va tizimda korrupsiyaning oldini olishda sudyalarning maʼnaviy kamolotini oshirish birlamchi ahamiyat kasb etishi maʼlum. Shundan kelib chiqib, Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida sudyalar va sud xodimlarining kasbiy malakasi, maʼnaviyati hamda masʼuliyatini oshirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Va uning ijrosi doirasida Sudyalar oliy kengashi tomonidan “Sudya maʼnaviyati, odobi va masʼuliyati” tayyorlanib, chop etildi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, adolat va maʼnaviyat — oʻzaro chambarchas bogʻliq tushunchalardir, maʼnaviyat boʻlmagan joyda hech qachon adolat boʻlmaydi, shuning uchun ham sudyalar, yurist kadrlarni tayyorlash va sudyalik lavozimiga tayinlashda bu masalaga alohida eʼtibor qaratish talab etiladi.
Darhaqiqat, shunday. Sudyaning yuksak insoniy va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlishi, uning adolatli qarorlar qabul qilishida muhim omillardan biri boʻladi. Kitobda sudyaning odobi, davlat va jamiyat oldidagi masʼuliyati mezonlari haqida batafsil soʻz yuritiladi.
Eʼtiborlisi, kitobda sudyalarga qoʻyiladigan talab, masʼuliyat tarixiy va bugungi kun nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Qadim tariximizda qozilik ishlari bilan bogʻliq boʻlib oʻtgan hayotiy voqeliklar kitob gʻoyasi batafsil ochib beradi. Unda keltirib oʻtilgan ibratli rivoyat, hikoyat, naql, masal va matallar har qanday insonni mulohaza qilishga chorlaydi.
Asosiy maqsad — yangi Oʻzbekistonda roʻy berayotgan tarixiy burilish pallasida adolatni qaror toptirishga qodir boʻlgan sudyaning maʼnaviy barkamolligiga koʻmaklashishdir.
Mazkur kitob sudyalar, sud tizimi xodimlari, shuningdek, barcha davlat organlari xizmatchilari hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Taqdimotda sud tizimi faxriylari, huquqshunos va adabiyotshunoslar olimlar, deputatlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbar xodimlari ishtirok etib, kitob ahamiyati va bunday nashrga boʻlgan ehtiyoj xususida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring