Statistika agentligi taʼlim yoʻnalishida bitiruvchi xotin-qizlar sonining sohalar boʻyicha tahlilini eʼlon qildi

00:11 09 Mart 2024 Jamiyat
254 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan.

Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

— taʼlim – 2 359 nafar;

— sanʼat va gumanitar fanlar – 1 768 nafar;

— tabiiy fanlar, matematika va statistika – 885 nafar;

— muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 731 nafar;

— biznes, boshqaruv va huquq – 620 nafar;

— ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 543 nafar;

— sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 392 nafar;

— qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 265 nafar;

— xizmatlar – 179 nafar;

— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 176 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?