Sportning 21 turi boʻyicha II MDH oʻyinlari Belarusning 11 shahrida oʻtkaziladi
Foto: Illustrativ foto
MDHga aʼzo davlatlar vakillari Yangi yil arafasida Hamdoʻstlik mamlakatlari II oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi yigʻilishida Musobaqa nizomini tasdiqladilar.
MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, II MDH oʻyinlari joriy yilning 4-14-avgust kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Musobaqa dasturidan koʻplab sport turlari oʻrin olgan. Oʻyinlar konsepsiyasi Belarusning 11 shahrida sportning 21 turi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutadi. Xususan, turnir bahslari Minsk, Borisov, Brest, Vitebsk, Gomel, Grodno, Jlobin, Mogilyov, Molodechno, Orsha va Soligorsk shaharlarida oʻtkaziladi.
MDH oʻyinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. Oʻyinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Moʻgʻuliston, Xitoy, Kuba, Eron, Oʻmon, Saudiya Arabistoni delegatsiyalarining ayrim sport turlarida ishtirok etish masalalari ishlab chiqilmoqda.
I MDH oʻyinlari 2021-yilning 4–11-sentyabr kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtgan edi. Musobaqada MDHning 9 davlati – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston terma jamoalaridan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan. Ishtirokchilar sportning 16 turi boʻyicha 181 ta medallar jamlanmasi uchun oʻzaro musobaqalashgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring