Sport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish yanada takomillashtiriladi

“Sport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (583-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan davlat sport taʼlim muassasalariga hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari taqdiqlandi:
Reglamentga koʻra, davlat sport taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:
— Olimpia va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham);
— Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustgacha (shu kuni ham).
Soʻrovnoma toʻldirilib, 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha sport taʼlim muassasasida tanlagan sport turi boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport taʼlim muassasasi biriktiriladi.
Ariza beruvchi murojaati boʻyicha yuborilgan sport taʼlim muassasasiga onlayn navbat boʻyicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Shunga koʻra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab koʻrsatilishi belgilangan.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1-yanvargacha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, oʻz rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Ushbu tartib boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring