Soʻnggi ikki mundialda sovrindor boʻlgan jamoa 2026-yilgi musobaqada ham qatnashadi
Kecha, 14-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kunning eʼtiborli bahslaridan biri Xorvatiya terma jamoasi va Farer orollari terma jamoasi oʻrtasida kechdi. Uchrashuv 1:3 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.
Xorvatiya terma jamoasi safida yoʻlga qoʻyilgan gollarga Josko Gvardiol, Petar Musa va Nikola Vlazik mualliflik qildi. Mehmonlar safidagi yagona gol esa David Turi hisobiga yozildi.
Shu tariqa saralashning soʻnggi turi oldidan 19 ochko jamgʻargan Xorvatiya terma jamoasi oʻzining asosiy taqibchisi – Chexiya terma jamoasidan 6 ochkoga ilgarilab ketdi va mundial yoʻllanmasini muddatidan avval qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi oxirgi ikki Jahon chempionatida sovrindor boʻlgan. Zlatko Dalić boshchiligidagi jamoa 2018-yilgi mundialda kumush, 2022-yilgi musobaqada esa bronza medallarini qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring