Soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda “katta sakrash davri” boʻldi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilish davomida davlat rahbari 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirishi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan vazifa va topshiriqlar berishi rejalashtirilgan.
Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, videoselektorda Oʻzbekiston rahbari mamlakatda soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʻlganini taʼkidlagan.
Shuningdek, oʻtgan yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berilgani, birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangani qayd etilgan.
Bundan tashqari, ehtiyojmand oiladan boʻlgan yana 110 ming talabaning kontraktini toʻlashga 332 milliard soʻm ajratilgani va buning natijasida oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetgani alohida aytib oʻtilgan.
Yigʻilishda qayd etilishicha, bugungi kunda 110 ming oʻgʻil-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyaning “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar oʻzbekistonlik yoshlar bitirgan.
Bu nufuzli oliygohlarda oʻqiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring