Soʻnggi 7 yilda xususiy maktablarda tahsil olayotganlar soni 8,1 barobarga oshdi
Xususiy maktablarda tahsil olayotganlar soni soʻnggi 7 yilda 8,1 barobarga yoki qariyb 100 ming nafarga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga koʻpaygan.
Respublikada hozirgi kunda 455 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularda jami 112 093 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.
Xususiy maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni yillar kesimida quyidagicha hisoblangan:
- 2018/2019 oʻquv yili boshiga – 13 769 nafar;
- 2019/2020 oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar;
- 2020/2021 oʻquv yili boshiga – 26 970 nafar;
- 2021/2022 oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar;
- 2022/2023 oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar;
- 2023/2024 oʻquv yili boshiga – 64 010 nafar;
- 2024/2025 oʻquv yili boshiga – 112 093 nafar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring