Soʻnggi 6 oyda Oʻzbekistonda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

10:38 12 Avgust 2022 Iqtisodiyot
1180 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga qiymati 35,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 60,6 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.

6 oyda Oʻzbekiston eng koʻp Rossiyadan 48,8 mln. litr, Turkmanistondan 11,7 mln. litr avtomobil benzinini import qilgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 % ga oshgan.

2022-yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:

— yanvarda – 97,8 ming tonna;

— fevralda – 98,2 ming tonna;

— martda – 92,6 ming tonna;

— aprelda – 93,7 ming tonna;

— mayda – 92,7 ming tonna;

— iyunda – 87,7 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер