“Biz avariyani ham toʻxtatamiz”. Prezident M-25 konidagi holatga yechim topilganini aytdi

13:32 27 Fevral 2026 Siyosat
455 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yoʻnalishlarida yangi reyslar qoʻyilishi belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.

Shoʻrchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yoʻnalishlarga qoʻyish topshirildi.

Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi.

Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib borish loyihasi boshlanadi.

“Mustaqillikning 25-yilligi” yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etildi.

“Biz avariyani ham toʻxtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz”, dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер