Soliq toʻlovchilar 8 oyda 16 trillion soʻm soliq imtiyozlaridan foydalangan – Fiskal tahlillar (+foto)
Foto: Illustrativ
2024-yilning yanvar-avgust oylarida 138 ming 661 ta tashkilot 16 trillion soʻm miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Bu haqda “Fiskal tahlillar” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2 ming 927 ta korxona moliyaviy xizmatlar boʻyicha 13,1 trillion soʻmlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan. Shuningdek, 7 ming 185 ta korxona 22,5 trillion soʻm miqdorida QQS “nol” stavkasini qoʻllagan tashkilotlar qayd etilgan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻi eng koʻp imtiyoz sifatida qayd etilgan. Umumiy summasi 8 trillion soʻmga yetib qolgan.
Bundan tashqari, foyda soligʻi (2,3 trillion soʻm), yer soligʻi (1,9 trillion soʻm), ijtimoiy soliq (1,9 trillion soʻm), JSHODS (884,7 milliard soʻm), mol-mulk soligʻi (801,6 milliard soʻm), AOS (139 milliard soʻm) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlardan (19,9 milliard soʻm) ham katta imtiyozlar berilgan.

“Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS boʻyicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring