Soliq ma’muriyatchiligidagi uch bosqichli jarima qo‘llash tartibi bekor qilinmoqda

14:54 20 Fevral 2025 Siyosat
280 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va valyutani tartibga solish liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Mamlakatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini va valyutani tartibga solishni liberallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra tadbirkorlik sub’yektlari ayni bir huquqbuzarlik uchun bir necha marotaba javobgarlikka tortiladi.

Jumladan, tadbirkorlar xodimlar sonini yashirganlik, tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik va fiskal belgilarni aks ettirmaganlik kabi aynan bir huquqbuzarlik uchun ham moliyaviy jarimaga, ham ma’muriy jarimaga tortilishi mumkin.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida soliq ma’muriyatchiligining yanada takomillashtirilishiga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarning qonunda belgilangan muddatlarda repatriatsiya  qilinishini ta’minlashga oid talablarni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish maqsadida ushbu holatlarda qo‘llaniladigan uch bosqichli 50 foizlik jarima qo‘llash tartibi bekor qilinmoqda. Uning o‘rniga qaytmagan aktivlarning 20 foizi miqdorida bir martalik moliyaviy jarimani qo‘llash tartibi joriy etilmoqda.

Ushbu Qonunda loyihalashtirish, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish, asbob-uskunalarni o‘rnatish hamda urilish-montaj ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) yuzasidan investisiya loyihalari doirasida tuzilgan kontraktlarda belgilangan muddat 180 kundan ortiq bo‘lsa, mazkur kontraktdagi muddatlar qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.

Muhokama qilingan Qonun bilan soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralarining huquqbuzarlik harakatiga mutanosibligini ta’minlash orqali tadbirkorlik sub’yektlari aynan bir huquqbuzarlik uchun bir necha marotaba javobgarlikka tortilishining oldini olish belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi natijasida soliq ma’muriyatchiligi yanada takomillashtirilib, normalar amaliyotda ikki xil talqin qilinishining oldi olinadi va bir xilda qo‘llanilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari liberallashtiriladi, bu o‘z navbatida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari samarali himoya qilinishiga hamda ortiqcha xarajatlari kamaytirilishiga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер