Soliq kodeksiga kiritilayotgan yangi normalar aholiga bir qancha qulayliklar yaratmoqda
Senatning bugungi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama etildi.



Keyingi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm va maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, shu jumladan aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish va zarur hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishdan keng foydalanishni yanada qoʻllab-quvvatlash, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurati yuzaga kelmoqda.





Shuning uchun Soliq kodeksiga elektron hujjatda uni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullaridan foydalanishga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, ortiqcha undirilgan soliqlarni soliq toʻlovchining arizasiga muvofiq kelgusi toʻlovlar hisobiga kiritish muddati 15 kundan 3 kunga qisqartirilib, Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ularning erining (xotinining) ish haqi va boshqa daromadlari toʻliq daromad soligʻidan ozod etilmoqda.


Senatorlar oʻz chiqishlarida muhokama etilgan Qonunda masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlari hisobidan hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini berish oʻz aksini topganligini taʼkidlab oʻtdi.Muhokama yakunida mazkur qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring