Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirilmoqda
Foto: Hasan Paydoyev, Akmal Muhammadov / "Xalq so'zi"
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Kiritilayotgan oʻzgartirishga koʻra, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq javobgarlik yanada liberallashtirilmoqda.

Xususan, mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartib-qoidalariga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizini tashkil etadi.

Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori yigirma foizni tashkil etishi belgilanmoqda.
Avval tadbirkorlar ushbu qonunbuzilish holati uchun oxirgi hisobot choragida ega boʻlgan sof tushumni jarima shaklida toʻlashga majbur boʻlayotgan edi.

Endilikda fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartirilmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.






Foto: Hasan Paydoyev, Akmal Muhammadov / "Xalq so'zi"
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring