Soxta havola yuborish orqali sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati fosh etildi

16:51 05 Yanvar 2024 Jamiyat
350 0

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 47 yoshli M.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 900.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 28 yoshli P.I. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, P.I. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali “Sovgʻalar” mazmunidagi yolgʻon eʼlonlar ostida soxta havola joʻnatib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi maʼlumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib, ular hisobidagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, P.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?