Sobiq xodim ishxonalarini oʻmardi. Zarar miqdori 951 million soʻmdan ortiq
Foto: Illustrativ
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Mirobod tumanida tadbirkorlarning 951 million soʻm pullarini qoʻlga kiritgan sobiq bosh hisobchini aniqladi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda noqonuniy holat qayd etilgan.
Xabar berilishicha, “V.F.”, “V.I.” va “V.V.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln soʻm pullarini oʻziga tegishli bank plastik kartasiga oʻtkazib olib, oʻzlashtirganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Budapeshtdagi eng muhim kunda Oʻzbekiston Hindistonga qarshi saf tortishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring