Sobiq bank boshqarma boshligʻi Navoiydagi tumanga hokim boʻldi

Navoiy viloyati Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Navoiy viloyati hokimining 2024-yil 26-avgustdagi qaroriga asosan, Yelmuratov Uchqun Fayzullayevich Uchquduq tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.
Qayd etish kerakki, tayinlovga qadar, Uchqun Fayzullayevich “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
Uchqun Yelmuratov 1986-yilda Konimex tumanida tavallud topgan. 2007-yilda Toshkent moliya institutini hamda 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.
Avvalroq, Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring