“Siz kelmang, biz boramiz!”

12:22 07 Avgust 2025 Jamiyat
120 0

Bekobod tumanida aholi bilan ochiq muloqot qilish uchun “Siz kelmang, biz boramiz!” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mavjud muammolarni oʻrganish va ularga qonuniy hamda ijobiy yechim topish maqsadida tashkil etilgan loyiha davomida tumandagi har bir mahallada sayyor qabul oʻtkazilyapti.

Navbatdagi shunday tadbir “Oʻzbekobod” mahallasida boʻlib oʻtdi. Unda “Bunyodkor”, “Qushchi”, “Oqtepa” va Hamza mahallalari ahli uchun ham muammolarini bayon etish va takliflarini bildirish imkoni yaratildi.

Ochiq muloqotda tuman hokimi, tuman prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari, shuningdek, hudud kesimidagi korxona va tashkilot mutasaddilari har bir murojaat yechimi boʻyicha qatʼiy nazoratni taʼminladi.

Sayyor qabul davomida “Huquqiy targʻibot kuni” tadbiri tashkil etilib, adliya tizimi xodimlari tomonidan fuqarolarga yuridik koʻmak berildi. Bundan tashqari, FHDYO va notarius xizmatlari ham koʻrsatildi.

Otabek ISROILOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?