Sirdaryodagi qabristonlardan birining nomi “Shodlik” edi...
Sirdaryo viloyatidagi qabristonlardan biri ushbu joy mohiyatiga butunlay zid boʻlsa-da, koʻp yillar “Shodlik” deya nomlanib kelingan edi. Hozir esa bu mozor “Moʻminlar” deb ataladi.
Umuman soʻnggi yillarda koʻplab ana shunday mantiqan notoʻgʻri hamda ajnabiy nomlar oʻrnini oʻzbekona, xalqona atamalar egalladi. Masalan, “Barber shop” nomli sartaroshxona “Ustara”, “Стройматериалы” deb atalgan doʻkonlar “Usta”, “Quruvchi” singari nomlarga ega boʻldi.
— Viloyatimizdagi mavjud 239 ta mahalla, 5 ta istirohat bogʻi, 4 ta maydon, 5 ta xiyobon, 12 ta ziyoratgoh va 177 ta qabriston hamda 7696 ta barcha turdagi (shohkoʻcha, koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) koʻchalar davlat tili boʻyicha qonunchilik talablariga mos ravishda nomlanib, davlat reyestriga kiritildi, — deydi Sirdaryo viloyati hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻaybulla Yusupov. — Shuningdek, toponimik xaritalarni tuzish, takroriy (adash) nomlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, toʻgʻri yozish, koʻrsatkichlar bilan taʼminlash, tarixiy atamalarni ilmiy asosda oʻrganish, maʼnosini anglash hamda kelajak avlodlar uchun asrab qolish va yetkazish maqsadida “Sirdaryo viloyati toponimlari” monografiyasi, “Sirdaryo viloyati joy nomlari izohli lugʻati” kitoblari nashrdan chiqarildi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring