Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi

13:53 19 Mart 2025 Iqtisodiyot
668 0

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.

Ushbu yirik loyihani “OTP Green Fund” moliyalashtiriladi va “OTP Group” tarkibiga kiruvchi “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkilotchiligida Vengriyaning “OTP Group” konserni delegatsiyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda guruh tarkibiga kiruvchi kompaniya bilan ayni masala, yaʼni Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish boʻyicha yirik loyihani amalga oshirish borasidagi navbatdagi choralar konstruktiv tarzda muhokama qilindi hamda investitsiya bitimi, yer uchastkasini ijaraga berish, taʼsis va nizom shartnomalari imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер