Sirdaryoda Qozogʻiston bilan bogʻlovchi davlatlararo tutashuv punkti ishga tushirildi
Foto: Hakim Yo'ldoshev / "Xalq so'zi"
Bugun Sirdaryo viloyatida Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ochildi.
Mazkur punktdan Sirdaryo va respublikamizning boshqa viloyatlaridan Qozogʻistonning janubiy hududlariga yuklar joʻnatiladi hamda qabul qilinadi.

Kechayu kunduz ishlaydigan mazkur punktdan sutkasiga qoʻshimcha 3 juft poyezdga xizmat koʻrsatiladi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Afgʻoniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston Qozogʻiston davlatlari bilan jami 20ta koridor orqali temir yoʻl transportidan foydalanilmoqda. Birgina Qozogʻiston Respublikasini oladigan boʻlsak, ayni kungacha Keles hamda Qoraqalpogʻiston davlatlararo tutashuv punkti orqali yuklar rasmiylashtirilib, poyezdlar qatnovi amalga oshirilayotgan edi.

Dilshod Ulugʻmurodov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring