Sirdaryoda koʻchma tibbiy-diagnostika kompleksi ish boshladi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirish tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Yaqinda Sirdaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markaziga topshirilgan tuberkulyoz va oʻpkaning nospetsifik kasalliklarini skrining tekshiruvidan oʻtkazishga moslashtirilgan koʻchma tibbiy-diagnostika kompleksi ham ayni maqsadga xizmat qiladi.

Ushbu kompleks jami 1milliard 350 million soʻmlik GeneXpert uskunasi, spirometriya va rentgen apparati kabi eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. U chekka hududlarda yashovchi aholi orasida tuberkulyoz va oʻpka nospetsifik kasalliklari oldini olish, erta tashxislash, skrining qilish imkonini beradi.

— Mobil kompleksimizning hududlarda boʻlishi aniq jadval asosida tashkil etiladi, — deydi Sirdaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Erkin Aliqulov. — Aholi uchun tekshiruvlar tekin boʻlib, maqsad tuberkulyoz va oʻpka nospetsifik kasalliklari oldini olish va erta aniqlashdan iborat. Bunda skring tekshiruvlarni birinchi navbatda ushbu xastaliklarga moyil kishilarda amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring